5–8-iyun kunlari Rossiyada SPXIF-2024 uchun 136 mamlakat va hududlardan vakillar yig'iladi

Dunyo

2024-yil 5–8-iyun kunlari 27-Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (SPXIF) bo'lib o'tadi. U yana Rossiya va boshqa mamlakatlarning biznes, siyosat va davlat tuzilmalari vakillari uchun uchrashuv maydonchasiga aylanadi. Bu haqda “Roscongress" jamg'armasi veb-saytida ma’lum qilingan.

5–8-iyun kunlari Rossiyada SPXIF-2024 uchun 136 mamlakat va hududlardan vakillar yig'iladi
Bu yil Sankt-Peterburgda Abxaziya, Ozarbayjon, Afrika mamlakatlari, Venesuela, Hindiston, Eron, Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Ummon kabi mamlakatlarning xorijiy hamkorlari hamda Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqi va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlar assotsiatsiyasi mamlakatlari ishtirokida 11 ta ikki tomonlama ishbilarmonlik tadbirlarini o'tkazish rejalashtirilgan.

O'tgan yili SPXIF 14–17-iyun kunlari bo'lib o'tdi va dunyoning 130 mamlakatidan 17 000 dan ortiq ishtirokchilarni jalb qildi. Forumda umumiy qiymati 3,86 trillion rublni tashkil qiluvchi 900 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

Forum doirasida an'anaviy ravishda iqtisodiyot, madaniyat, sport va ijtimoiy siyosat sohalarida hamkorlik to'g'risidagi bitimlar va shartnomalar imzolanadi.

"Hozirda 136 mamlakat va hududlardan 17 100 kishi va 3 400 ommaviy axborot vositalari vakillari SPXIFda ishtirok etishlarini tasdiqladilar", —dedi Rossiya Federatsiyasi Prezidentining maslahatchisi Anton Kobyakov.

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (SPXIF) iqtisodiyot va biznes olamidagi noyob hodisadir. SPXIF 1997-yildan beri o'tkaziladi, 2006-yildan esa Rossiya Federatsiyasi Prezidenti homiyligida va ishtirokida o'tkaziladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing