O‘zbekistonda ish joyidagi kamsitishga qarshi milliy dastur amalga oshirilmoqda
O'zbekiston
O‘zbekistonda xodimlarning huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish, ish joylarida tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishning oldini olishga qaratilgan milliy dasturni amalga oshirish boshlandi. Dastur doirasida qonunbuzarliklar haqida anonim xabar berish imkonini beruvchi raqamli portal yaratish, shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish va ko‘rilgan choralarni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Dasturni amaliyotga tatbiq etish masalalari davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlarning qariyb 70 nafar vakili ishtirokidagi tadbirda muhokama qilindi. Prezident Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi, Inson kapitalini rivojlantirish loyiha ofisining bosh koordinatori Nozimaxon Davletova har bir tashkilotda o‘zaro hurmat madaniyatini shakllantirish muhimligini ta’kidladi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan islohot tufayli biz erkak yoki ayol bo‘lishidan qat’i nazar, har bir insonga hurmat bilan munosabatda bo‘lishning idoralararo mexanizmini yaratmoqdamiz. Bu har bir tashkilotda me’yorga aylanishi kerak”, — dedi Davletova.
2026-yil dekabrigacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” raqamli portalini ishga tushirish rejalashtirilgan. U xodimlarga ish joylaridagi qonunbuzarliklar haqida anonim tarzda xabar berish imkonini beradi.
Dastur doirasida mamlakatning 14 ta hududida 700 nafar fasilitator tayyorlanadi. Ular davlat tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish va xavfsiz mehnat muhitini yaratishga mas’ul 35 ming nafar xodimni o‘qitadi. Shuningdek, xodimlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ular yuzasidan ko‘rilgan choralarni kuzatish tartiblari joriy etiladi.
Muhokamada Oliy sud raisi Robaxon Mahmudova, bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artykova, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi doimiy vakili Nigina Abasadzade va BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl ham qatnashdi. Ishtirokchilar qonunchilikda belgilangan kafolatlarni amalda ta’minlash va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini qayd etdi.
Milliy dastur 2026-yil 21-sentabrdagi Prezidentning PQ-345-son qarori hamda 28-sentabrdagi Vazirlar Mahkamasining 518-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Powered by Froala Editor