54 yoshli sportchimiz TCS Sidney marafoni g’olibi
Sport
Sidneyda Xalqaro yengil atletika federatsiyai taqvimiga kiritilgan platina darajasidagi TCS Sidney marafoni bo’lib o’tdi. E’tiborlisi, 5-54 yoshli sportchilar o’rtasidagi bahsda hamyurtimiz Dilfuza Allayorova birinchi o’rinni egalladi.
54 yoshli sportchi berilgan masofani 2 soat 55 daqiqa 53 soniyada bosib o’tdi. Bu yosh toifasidan qat’iy nazar, o’zbekistonlik ayollar tomonidan qayd etilgan o’ninchi eng yaxshi natijadir.
Allayorovaning avvalgi eng yaxshi ko’rsatkichi 3 soat 1 daqiqani tashkil etgan va Chikago marafonida qayd etilgan.
Milliy Olimpiya qo’mitasi matbuot xizmatining xabariga ko’ra, Dilfuza Allayorova kasbi bo’yicha rus tili va adabiyoti o’qituvchisi.

Powered by Froala Editor