7 jang - 7 g‘alaba: boks bo‘yicha jahon chempionatida g‘alabalar seriyasi
Sport
O‘zbekiston bokschilarining Liverpuldа o‘tayotgan jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli yurishi davom etmoqda. Kecha ringga chiqqan 7 nafar vakilimizning barchasi g‘alaba qozonib, terma jamoaning mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.
Mehmonlarini ortda qoldirgan sportchilar: Nigina O‘ktamova (54 kg), Shavkatjon Boltayev (70 kg), To‘rabek Habibullayev (90 kg), Navbahor Hamidova (65 kg), Abdumalik Xalokov (60 kg), Fazliddin Erkinboyev (75 kg) va Jahongir Zokirov (+90 kg). Aksariyat janglar ustunlik bilan yakunlandi.
Bugun ringga 9 nafar bokschimiz tushadi: Feruza Kazakova (51 kg), Sitora Turdibekova (60 kg), Mirazizbek Mirzahalilov (55 kg), Javohir Ummataliyev (80 kg), Sabina Boboqulova (48 kg), Aziza Zokirova (70 kg), Shodiyorjon Meliqo‘ziyev (50 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (65 kg) va Akmaljon Isroilov (85 kg).
Muxlislar terma jamoamizning g‘alabali yurishi davom etishiga ishonmoqda.

Powered by Froala Editor