7000 ta server yo'q qilindi: "Aeroflot" yuzlab reyslari bekor qilindi
Dunyo
28-iyul tongida Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi “Aeroflot” keng qamrovli kiberhujumga uchradi. Natijada, o‘nlab reyslar bekor qilindi, axborot tizimlari ishdan chiqdi, 75 mingdan ortiq yo‘lovchi zarar ko‘rdi. Hujum uchun javobgarlikni Silent Crow va belaruslik “Kiberpartizanlar BY” xakerlar guruhi o‘z zimmasiga oldi — ular kompaniya infratuzilmasini yo‘q qilganini e’lon qildi.
Kiberhujum Moskva vaqti bilan taxminan 07:40 da boshlangan. “Aeroflot” tizimlarining aksariyati, jumladan, ro‘yxatga olish, parvoz jadvali va samolyotlarga xizmat ko‘rsatish tizimlari ishlamay qoldi.
Kompaniya Rossiya va MDH bo‘ylab 49 juft reysni bekor qilishga majbur bo‘ldi, jumladan Peterburg, Qozon, Sochi, Minsk, Kaliningrad, Ufa va Krasnoyarsk kabi yo‘nalishlar ham ta’sir ko‘rdi. Yo‘lovchilarga Sheremetyevo aeroportini tark etish tavsiya qilindi. Chipta pullarini faqat sotib olingan joyda qaytarish mumkin — aeroport kassalari ishlamayapti.
Silent Crow va “Kiberpartizanlar BY” guruhi ma’lum qilishicha, ular bir yil davomida “Aeroflot” ichki tarmog‘iga kirib, quyidagi zararni yetkazgan:
7 000 ga yaqin serverlar yo‘q qilingan,
22 terabayt ma’lumotlar, jumladan, yo‘lovchilarning shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlangan,
ichki muloqotlar, audio va video yozuvlar qo‘lga kiritilgan,
rahbariyat kompyuterlari nazoratga olingan.
Rossiya Bosh prokuraturasi mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 272-moddasi (kompyuter ma’lumotlariga noqonuniy kirish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Kreml bu holatni “jiddiy xavotirli” deb baholadi. Mutaxassislar fikricha, tizimlarni tiklash bir haftagacha vaqt olishi va o‘nlab million rubl xarajat talab qilishi mumkin.
“Aeroflot” aksiyalari Moskva fond birjasida 3,9 foizga arzonlashdi.

Powered by Froala Editor