80-to‘lqin zarbalari: Eron bosimni kuchaytirmoqda
Dunyo
Eron Isroil va mintaqadagi AQSh harbiy obyektlariga qarshi yangi keng ko‘lamli hujumlar boshlanganini ma’lum qildi. Harbiylarga ko‘ra, zarbalarda yuqori aniqlikdagi qurollar qo‘llanmoqda.
Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIР) Isroil hududi hamda Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga qarshi 80-to‘lqin zarbalari amalga oshirilganini e’lon qildi.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar davomida qattiq yoqilg‘ili raketalar va yuqori aniqlikdagi bombalar qo‘llanmoqda. Hozircha zarbalar oqibatlari va yetkazilgan zarar haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan.
KSIР vakillari bu zarbalar mintaqadagi raqiblarga bosim o‘tkazishga qaratilgan izchil harbiy kampaniyaning bir qismi ekanini ta’kidladi.
Mutaxassislar esa hujumlar intensivligining oshishi Yaqin Sharqda vaziyat yanada keskinlashayotganidan dalolat berishini qayd etmoqda.

Powered by Froala Editor