93 tashkilotda rahbarlar uchun KPI baholash jarayoni boshlandi
Biznes
31-iyul 2024-yilda Vazirlar Mahkamasining "Respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini KPI asosida baholash choralari to‘g‘risida" gi 463-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan davlat ulushi bo'lgan vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar, inspeksiyalar, kompaniyalar va jamiyatlar, shuningdek assotsiatsiyalarni qamrab oluvchi 93 ta sub'ekt ro‘yxati tasdiqlandi. Ularning faoliyati KPI asosida baholanadi.
Rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini KPI asosida baholash tartibi hamda reglamenti ham tasdiqlandi. Baholash jarayoni "samaradorlik.uz" platformasi orqali amalga oshiriladi.
Respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalari o‘zlarining KPI ko‘rsatkichlarini va ularning bajarilish yo‘l xaritasini ishlab chiqadi hamda 15-dekabrgacha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. KPI ko‘rsatkichlari 15-yanvarga qadar tasdiqlanadi va 25-yanvargacha "samaradorlik.uz" platformasiga kiritiladi.

Powered by Froala Editor