Yangi yil bayrami davrida dam olish kunlari belgilandi
O'zbekiston
“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar, shanbadan 2-yanvar, payshanba kuniga ko‘chirildi, shuningdek, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar, payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
30-dekabr (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
31-dekabr (seshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Powered by Froala Editor