Ozarbayjon Prezidenti chuqur qayg’uda

Dunyo

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 dekabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida "Ozarbayjon havo yo‘llari"ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani tufayli, hamdardlik yo‘lladi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ozarbayjon Prezidenti chuqur qayg’uda
Davlat rahbari barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon aviakompaniyasining Baku-Grozniy reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchragani xabar qilingan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan samolyot bortida 67 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qozog‘iston FVVga ko‘ra, 32 nafar yo‘lovchi omon qolgan va ular shifoxonaga yetkazilgan. Samolyot yo‘lovchilaridan 37 kishi Ozarbayjon, 16 kishi Rossiya, 6 kishi Qozog‘iston va 3 kishi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan. Omon qolganlar orasida 14 nafar Ozarbayjon fuqarosi, 10 nafar Rossiya fuqarosi, 2 nafar Qirg‘iziston fuqarosi bor. Uch nafar jarohatlangan shaxsning fuqaroligi hozircha aniqlanmagan.

Samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida rul boshqaruvi yo‘qolgan va Atrau shahri aeroportiga favqulodda qo‘nishi zarur bo‘lgan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ushbu aviahalokat munosabati bilan MDHning norasmiy sammitidan Bakuga qaytishini ma’lum qildi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, barcha jabrlanganlarga tezroq shifo topishini tilagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing