Yevropa Ittifoqi savdo urushining oldini olish uchun AQSH bilan muzokaralar boshlashga shoshilmoqda
Iqtisodiyot
Yevropa Ittifoqi Donald Tramp ma’muriyati bilan Yevropa tovarlariga yangi bojlar joriy etilishining oldini olish uchun imkon qadar tezroq muloqot boshlamoqchi. Yevropa Ittifoqi tashqi savdo idorasi rahbari Marosh Shefchovich Brussel zudlik bilan muzokaralarga kirishga tayyorligini bildirdi, chunki yangi tariflar Yevropa Ittifoqi va AQSH o‘rtasidagi asosiy savdo va sarmoyaviy aloqalarga zarar yetkazishi mumkin.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi murakkab muzokaralarga tayyorligini, ammo o‘z manfaatlarini qat’iy himoya qilishini ta’kidladi. Yevropa Ittifoqi ta’minot zanjiri va yangi texnologiyalar kabi sohalarda murosa topishga intilmoqda, biroq Vashington tomonidan bosim o‘tkazilsa, javob choralarini ko‘rishga tayyor..
Tramp allaqachon Xitoy tovarlariga 10 foizlik tarif joriy qilgan, Kanada va Meksika esa vaqtincha 25 foizlik tarifdan qochdi. Endi savdo cheklovlari - Yevropa Ittifoqi uchun navbat keldi. Shefchovichning ta’kidlashicha, AQShning Yevropa Ittifoqi bilan savdo defitsiti taxminan 50 milliard yevroni tashkil etadi, ammo Yevropa tomoni kelishmovchiliklarni konstruktiv muloqot orqali hal qilishga umid qilmoqda.

Powered by Froala Editor