Malayziyada, O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Siyosat
5-fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi "Perdana Putra" hukumat majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarini Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi va ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.
Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi va so‘ng ikki davlat yetakchilari rasmiy delegatsiyalar a’zolari hamda diplomatik korpus vakillarini qutladilar.
Marosimning rasmiy qismidan so‘ng O‘zbekiston va Malayziya yetakchilari birgalikda suratga tushdilar. Shundan keyin oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Mazkur uchrashuv doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va ta’lim sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor