Xitoy Google, Calvin Klein va boshqa Amerika kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritmoqda
Dunyo
Pekin bir qator Amerika kompaniyalariga, jumladan, Google, PVH Corp (Calvin Klein va Tommy Hilfiger brendlariga egalik qiluvchi) va Illumina biotexnologiya firmasiga qarshi choralar e’lon qildi. Bu qadamlar seshanba kuni kuchga kirgan Xitoy tovarlariga AQShning yangi bojlariga javob bo‘ldi.
Xitoy bozorni tartibga solish davlat boshqarmasi "Google" mamlakatning monopoliyaga qarshi qonunchiligini buzganlikda gumonlanayotgani va tergov qonunga muvofiq boshlanganini ma’lum qildi. Xitoy, shuningdek, Amerikaning ko‘mir, neft va avtomobillariga bojlar kiritdi. XXR Savdo vazirligi PVH Corp va Illuminani Xitoy kompaniyalarini tahqirlashda ayblab, "ishonchsiz tashkilotlar" ro‘yxatiga kiritdi. Ushbu firmalarga qarshi sanksiyalar jarimalar, savdoni muzlatish va xorijiy xodimlar uchun ishchi ruxsatnomalarni bekor qilishni o‘z ichiga olishi mumkin.
AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo qarama-qarshiligi davom etmoqda va Pekinning yangi chora-tadbirlari Osiyodagi Amerika biznesiga iqtisodiy bosimni oshirishi mumkin.
AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo qarama-qarshiligi davom etmoqda va Pekinning yangi chora-tadbirlari Osiyodagi Amerika biznesiga iqtisodiy bosimni oshirishi mumkin.
Powered by Froala Editor