Zelenskiy: Rossiya kelishuv yo‘lini qiyinlashtirmoqda
Dunyo
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vladimir Putinning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha pozitsiyasini "manipulyativ" deb atadi va Moskva amalda tinchlik tashabbuslaridan voz kechishga tayyorlanayotganini aytdi.
Bu haqida Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida AQShning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifiga izoh berib yozdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina allaqachon bu rejaga rozi bo‘lgan va uzoq muddatli xavfsizlik yechimlarini topish uchun xalqaro hamkorlar bilan tezkor ishlashga tayyor. Biroq, Zelenskiyning aytishicha, Rossiya jarayonni cho‘zmoqda.
"Biz amerikalik va yevropalik hamkorlarimiz bilan, Rossiyani urushni tugatishga majburlash uchun tinchlik istaydigan butun dunyo bilan ishlashda davom etamiz," - deya qayd etdi u.

Powered by Froala Editor