Shavkat Mirziyoyev: Hozirgi dunyo avvalgidek emas!

O'zbekiston

18-aprel 2025-yil Juma. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga ta’sirini yumshatish chora-tadbirlari" yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o'tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev: Hozirgi dunyo avvalgidek emas!
Prezident raisligida boshlangan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari global iqtisodiy holatga to‘xtaldi. “Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar o‘rtasida barqaror munosabatlar va o‘zaro ishonchni ta’minlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar bugun samarasiz bo‘lib borayapti. Albatta, bu jarayonlar zanjirli ta’sir ko‘rsatib, jahon iqtisodiyotini sekinlashuvi va xalqaro savdoni kamayishiga olib kelishi mumkin”,  - dedi Prezident.

Yig'ilishda, Garvard universiteti tahliliga ko‘ra, o‘tgan besh yilda Iqtisodiy murakkablik indeksida O‘zbekistonning o‘rni 25 pog‘ona yaxshilanib, 105-o‘rindan 80-o‘ringa ko‘tarildi.

Bugungi kunda 162 turdagi milliy mahsulotlarimiz “dunyo bozorlarida raqobat ustunligiga ega” deb e’tirof etilayapti.Natijada oxirgi yillarda eksport 2,2 barobar oshdi. Tashqi savdo aylanmasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 57 foizga yetdi.

“Bu – iqtisodiyotimiz tashqi bozorlarga qanchalik bog‘liq ekanini ko‘rsatadigan juda katta raqam”,  - dedi Prezident.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing