Qurbon hayiti 6 iyun kuni keng nishonlanadi
O'zbekiston
O‘zbekistonda 2025-yilgi Qurbon hayiti rasmiyning 6 iyun, juma kuniga belgilandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tegishli qarorda qayd etildi. Ushbu ma’lumot O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan taqdim etilgan bayram sanasiga asoslanadi.
Bayramni xalqona va munosib tarzda o‘tkazish maqsadida, 7 iyun – shanba kuni olti kunlik ish haftasiga amal qiluvchi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi. Bu orqali fuqarolarga ikki kunlik qulaylik yaratilib, diniy bayramni oilaviy va milliy qadriyatlar ruhida o‘tkazish imkoniyati taqdim etilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Diniy qo‘mita, Mahallalar uyushmasi va boshqa tashkilotlar bayram tadbirlarini urf-odat va an’analarimizga mos ravishda o‘tkazish choralarini ko‘radi.

Powered by Froala Editor