Mixail Mishustin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O'zbekiston

Rossiya Federatsiyasi poytaxtiga tashrif yakunida Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mixail Mishustin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Muzokaralarda savdo-iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan qo‘shma sanoat va energetika loyihalarini amalga oshirish orqali mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. Tovar ayirboshlashning o‘sishi va investitsiyaviy tashabbuslarni faol ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbatda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikka urg‘u berildi. Xususan, migratsiya tartib-taomillarini soddalashtirish choralari va patentlarni rasmiylashtirishning bir qator bosqichlarini O‘zbekiston hududiga ko‘chirish imkoniyati muhokama qilindi, bu esa mehnatkashlar uchun qulaylik va xavfsizlikni oshiradi.

Yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Tomonlar ta’lim sohasidagi loyihalarni - O‘zbekistonda Rossiya oliy ta’lim muassasalarining yangi filiallarini ochish va MISiS muhandislik maktabini ishga tushirishni o‘zaro qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.

Uchrashuvda hududlararo sheriklikning ahamiyati va amaliy hamkorlikni kengaytirishga intilish alohida ta’kidlandi. Muzokaralar o‘zaro ishonch va ochiqlik muhitida o‘tdi, aniq natijalarga erishishga bo‘lgan umumiy intilish tasdiqlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing