To‘rt kunda 2,2 mlrd dollardan ortiq: AQShning Erondagi operatsiyasi narxi
Iqtisodiyot
AQShning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi dastlabki to‘rt kun ichida 2,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ talab qildi. Bu haqda harbiy xarajatlarni real vaqt rejimida kuzatib boruvchi onlayn resurs ma’lum qildi.
Hisob-kitoblarga harbiy xizmatchilarni ta’minlash, kemalar va aviatsiyadan foydalanish, shuningdek harbiy infratuzilmani saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari kiritilgan. Gap jangovar harakatlar bilan bog‘liq umumiy sarf-xarajatlar haqida bormoqda.
Keltirilgan baholashlarga ko‘ra, bu har soniyada 6 ming dollardan ortiq mablag‘ degani. Demak, operatsiyaning har bir daqiqasi qariyb 360 ming dollarga tushmoqda.
Mutaxassislar operatsiya davom etsa, yakuniy summa yanada oshishi mumkinligini ta’kidlamoqda, chunki bilvosita va uzoq muddatli xarajatlar darhol hisobga olinmasligi mumkin.

Powered by Froala Editor