Turkiya O‘rta Yer dengizi ustida Eron raketasini tutib oldi
Dunyo
Eron hududidan uchirilgan va Turkiya tomonga yo‘nalgan ballistik raketa NATO havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilindi. Uning parchalari Hatay viloyatiga tushdi, jabrlanganlar yo‘q.
Turkiya Milliy mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, raketa Eron hududidan uchirilgan. U Iroq va Suriya havo hududidan o‘tib, Turkiya chegarasi tomon yo‘nalgan.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, nishon Sharqiy O‘rta Yer dengizida joylashgan NATOning havo va raketaga qarshi mudofaa bo‘linmalari tomonidan zararsizlantirilgan.
Raketa qoldiqlari Hatay viloyatining Dörtyol tumaniga tushgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va talafotlar qayd etilmagan.
Anqara Eron bilan bog‘liq mojaro tomonlarini keskinlikni kuchaytiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqirdi. Turkiya NATO va ittifoqchilari bilan maslahatlashuvlarni davom ettirishini bildirdi.
Prezident ma’muriyati kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burhanettin Duran Turkiya har qanday dushmanona harakatga xalqaro huquq doirasida javob berishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor