Trump yirik Amerika OAVlari bilan ziddiyatdan so‘ng Trump TV kanalini ishga tushirdi

Dunyo

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati o‘zining Trump TV videoplatformasini ishga tushirdi. Kanal ikki oy avvalgi Tramp nutqi yozuvi bilan ish boshladi va Oq uyning YouTube kanali hamda jonli efirlar bo‘limida namoyish etilmoqda.

Trump yirik Amerika OAVlari bilan ziddiyatdan so‘ng Trump TV kanalini ishga tushirdi
Tramp matbuot kotibi Kaelan Dorr Trump TV «ma’muriyatning eng yorqin lahzalarini senzurasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etish» platformasiga aylanishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kanal an’anaviy OAVlarda yetarlicha yoritilmagan materiallarni ham ko‘rsatadi.

Kanalning ishga tushirilishi Oq uy va CNN, MS NOW hamda Politico o‘rtasidagi ziddiyatdan keyin yuz berdi. 18-sentyabr kuni Tramp ushbu nashrlar jurnalistlarining Oq uyga kirishini cheklashini e’lon qilib, ularni «soxta yangiliklar» tarqatishda ayblagan.

Shundan so‘ng boshqa yirik OAVlar ham birdamlik sifatida prezident tadbirlarini umumiy televizion havza orqali yoritishni vaqtincha to‘xtatdi.

Oq uy Trump TVni ma’muriyatning nutqlari, bayonotlari va boshqa materiallarini 24 soat davomida namoyish etuvchi platforma sifatida taqdim etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing