AQSh 25 mingdan ortiq migrantni maxfiy kelishuvlar asosida uchinchi davlatlarga yubordi
Dunyo
AQSh 35 davlat bilan tuzilgan kelishuvlar asosida kamida 25 447 migrantni uchinchi davlatlarga deportatsiya qilgan. Bu haqda 21 sentyabr kuni e’lon qilingan Forbidden Stories xalqaro tergovida ma’lum qilindi. Ma’lumotlar 2026-yil 31-avgustgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Tergovga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati bunday kelishuvlarni amalga oshirish uchun $410 mln ajratgan. Taxminan 20 ming kishi Meksikaga, qolganlari Lotin Amerikasi, Afrika va Tinch okeani mintaqasidagi 27 davlatga yuborilgan. Yana yetti davlat bilan kelishuvlar tuzilgan.
Kelishuv shartlari deportatsiya qilinadigan shaxslarning fuqaroligi va sudlangan shaxslarni qabul qilish imkoniyatiga qarab farq qiladi. Forbidden Stories ma’lumotiga ko‘ra, Afrikaning 54 davlatidan 49 tasiga uchinchi davlat fuqarolarini qabul qilish taklifi berilgan.
Muzokaralar va to‘lovlarning katta qismini 2025-yil may oyida tashkil etilgan AQSh Davlat departamentining Remigratsiya boshqarmasi olib bormoqda. Uni diplomat Kristian Yove Erxardt boshqaradi.
Kamerunga deportatsiya qilinganlar ortilgan ilk samolyot 14 yanvar kuni kelgan. Palau bilan kelishuv 75 kishigacha qabul qilish uchun $7,5 mln to‘lashni nazarda tutadi, biroq hozircha uch kishi yuborilgan. Esvatiniga esa $5 mln dan ortiq qiymatdagi kelishuv doirasida 160 kishidan 32 nafari olib kelingan.
Ajratilgan $410 mlnning $81 mln qismi hamkor davlatlar hukumatlariga, $178 mln dan ortig‘i Xalqaro migratsiya tashkilotiga, $123 mln esa BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligiga mo‘ljallangan.
AFP suhbatlashgan yuristlar ayrim deportatsiya qilinganlar aloqasi bo‘lmagan davlatlarda huquqiy noaniqlik sharoitida qolayotganini bildirdi. UNHCR esa ikki tomonlama kelishuvlar ishtirokchisi emasligini ta’kidlagan.

Powered by Froala Editor