O‘zbekiston "Markaziy Osiyo - Italiya" sammitida ishtirok etadi

O'zbekiston

2025-yil 30-may kuni Ostona shahrida "Markaziy Osiyo - Italiya" formatidagi oliy darajadagi sammit bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan tadbirda ishtirok etadi.

O‘zbekiston "Markaziy Osiyo - Italiya" sammitida ishtirok etadi
Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum kun tartibidan mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari, jumladan:
- "yashil" iqtisodiyot va barqaror energetika yechimlarini rivojlantirish,
- investitsiyaviy va ilmiy-innovatsion hamkorlikni mustahkamlash,
- ta’lim va texnologiyalar sohasidagi sheriklikni kengaytirish.

Tadbir yangi geosiyosiy va iqtisodiy sharoitlarda Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash uchun muhim platformaga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing