HAMAS urushni vaqtincha emas, butunlay to'xtatmoqchi
Dunyo
HAMAS Isroil tomonidan taklif etilgan garovga olinganlarni ozod qilish bitimini rad etdi. Isroil HAMASga 10 nafar garovga olingan kishini ozod qilish evaziga 45 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgan edi. Biroq tashkiliy guruh har qanday urushni to‘liq to‘xtatishga olib kelmaydigan sulhga qarshi ekanliklarini bildirishdi.
HAMAS bu sulh urushni to‘liq to‘xtatmasa, uni qabul qilmasliklarini bildirgan.
AFP agentligiga HAMASdagi manbaning aytishicha, Isroil tomonidan 45 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish bo‘yicha taklifga yozma javob vositachilarga topshirilgan. Taklifga ko‘ra, HAMAS 10 nafar garovdagilarni ozod qilishi evaziga, Isroil 1231 nafar falastinlik mahbusni ozod etishi va G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazishni taklif qilgan edi. Taklifda HAMAS va boshqa falastinlik guruhlarni qurolsizlantirish ham ko‘zda tutilgan, ammo bu shart HAMAS tomonidan rad etilgan.
HAMAS vakili Halil al-Xayya, hozirda G‘azo sektori tashqarisida bo‘lgan, telemurojaat orqali shunday dedi: “Biz (Isroil Bosh vaziri Binyamin) Netanyaxuning qisman bitimlar siyosatining bir qismi bo‘lmaymiz. Biz bu siyosatni qabul qilmaymiz,” — deya The Times of Israel uning so‘zlarini keltiradi.
HAMAS vakilining so‘zlariga ko‘ra, Isroil yanvar oyida imzolangan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvdan voz kechgan, Netanyaxu esa "amalga oshirib bo‘lmaydigan" shartlarni ilgari surgan.
Al-Xayya ta’kidlaganidek, HAMAS barcha garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalaridagi falastinliklar bilan ayirboshlashga tayyor, ammo bu bitim urushni to‘liq tugatishga olib kelishi lozim.
Islomiy harakat vakillarining bu bayonotiga izoh bergan AQSh Milliy xavfsizlik kengashi rasmiysi Jeyms Hyuitt quyidagilarni aytdi:
"HAMASning izohlari ularning tinchlik emas, abadiy zo‘ravonlikdan manfaatdor ekanini ko‘rsatadi. (AQSh Prezidenti Donald Tramp) ma’muriyati tomonidan ilgari surilgan talab o‘zgarmagan: garovdagilarni ozod qiling yoki do‘zaxga yuz tutasiz."

Powered by Froala Editor