Soliqlarni oshirib emas, tadbirkorga yordam berib tushumni ko‘paytirish kerak
O'zbekiston
18-aprel kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda prezident tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan qator masalalarga to‘xtaldi. Joylarda yer solig‘i va ijara to‘lovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga ta’sirini o‘rganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini ta’kidladi.
“Tushumni ko‘paytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan bo‘lmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum ko‘payadi, tadbirkorlar ham rozi bo‘ladi”, dedi Prezident.
Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Prezident biznes uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
“Mahalliy korxonalarimizga yo‘l ochib, ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur”, dedi davlat rahbari.
Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sun’iy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning o‘rnini zaiflashtirayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, o‘zimizda chiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzlatgich bozorda o‘rtacha 250 dollardan sotilayotgani uchun 30 dollar QQS to‘lanadi.
Xuddi shunday muzlatgichning import narxi sun’iy pasaytirilib, 25 dollar ko‘rsatilgani uchun bor-yo‘g‘i 3 dollar QQS olinayapti. Ya’ni, ishlab chiqaruvchi importga nisbatan 10 karra ko‘p soliq to‘layapti.
Yangi farmon bilan endilikda chetdan olib kelinayotgan tovarlarni bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘liq xalqaro qoidalarga moslashtiriladi.
Yig‘ilishda 3-4 ta idora misolida aytilgan tanqidlar boshqa vazirlik va tarmoqlarga ham tegishli ekani qayd etildi.
Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi, Qurilish, Energetika, Oliy ta’lim vazirliklari, Kadastr agentligi, Avtoyo‘llar qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi, Qurilish inspeksiyasi tizimida ham byurokratiya haligacha yuqoriligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ushbu vazirlik va idoralar rahbarlariga bugungi yig‘ilishdan xulosa chiqarib, aholi va tadbirkorlarga xizmatlarni yengillashtirish topshirildi.
Umuman, barcha darajadagi rahbarlar oldiga ishlab chiqaruvchi va eksportchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari, tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Powered by Froala Editor