Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar yanada qo‘llab-quvvatlanadi

O'zbekiston

O'zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-apreldagi O‘RQ-1059-sonli Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar yanada qo‘llab-quvvatlanadi
Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan 2027-yil 1 sentyabrgacha “Hunarmand” uyushmasining a’zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlarining zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan va "O‘zbekzargarsanoati" uyushmasining a’zolari bo‘lgan YATTlarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilandi.

Shuningdek, mazkur YATTlarning ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi.

“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida” gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, affinaj korxonalari qo‘shimcha ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tmay quyidagi huquqlarga ham ega bo‘lishi ko‘zda tutildi:

zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni qulay shakllar va hajmlarga keltirgan holda realizatsiya qilish;

qimmatbaho metallardan suvenir tangalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish.

Bundan tashqari, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar o‘zlari qimmatbaho metallardan yasagan zargarlik buyumlarining yarim tayyor mahsulotlarini boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilish huquqiga egaligi belgilandi.

Bunda yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish qiymati zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksingi bahosidan va Markaziy bankning hisob-kitob amalga oshirilayotgan kundagi kursidan kam bo‘lmagan miqdorda mustaqil ravishda belgilanishi ko‘rsatib o‘tildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing