Germaniya Xitoy mahsulotlari bilan bozorlari to'lib ketishidan qo'rqayapti
Siyosat
KXDR va AQSH o‘rtasidagi savdo mojarosi fonida Germaniya bozori Xitoy mahsulotlari bilan to‘lib ketishi mumkin. Bu haqida Germaniyaning bo‘lajak kansleri sifatida tilga olinayotgan Fridrix Mers Funke Mediengruppe nashrlariga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Har kuni Germaniya iste’molchilari Xitoydan 400 mingdan ortiq posilkalarni qabul qilmoqda. “Biz bu masalani imkon qadar tez hal qilishimiz kerak”, – dedi Mers. “Iste’molchilarni, sog‘liqni saqlash va mahsulot xavfsizligini himoya qilish kafolatlangan bo‘lishi lozim. Yevrokomissiya zudlik bilan choralar ko‘rishi kerak”, – deya ta’kidladi u.
AQSH hukumati tomonidan olib borilayotgan boj siyosatiga Yevropa tomonidan qanday javob berilishi haqida gapirar ekan, Mers Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen va Germaniya muvaqqat kansleri Olaf Shols bilan ushbu masala bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi. “Biz hukumat rahbari bilan doimiy muloqotdamiz va holat yuzasidan asosan bir xil fikrdamiz”, – dedi Mers.
Fridrix Mersning fikricha, AQSH Prezidenti Donald Tramp davrida Vashingtonning siyosiy yo‘nalishi kelgusi yillarda barqaror bo‘lmasligi mumkin. “Men bu haqida Prezident Tramp bilan suhbatlashaman va bizni nima ajratadi, nima birlashtiradi – aniqlashga harakat qilaman”, – dedi u. Germaniya siyosatchisining aytishicha, u Oq uy rahbari bilan “o‘z vaqtida” uchrashuvni rejalashtirgan.
Berlin strategiyasi Trampga nisbatan qat’iylik va moslashuvchanlikni uyg‘unlashtiradi. “Men ikkalasiga ham tayanaman. Biz o‘z manfaatlarimizni himoya qilishimiz, lekin har doim yechimlar izlashni ham davom ettirishimiz kerak”, – dedi Mers.
Xristian-demokratik ittifoq yetakchisining fikricha, savdo mojarosi oxir-oqibat barcha tomonlarga zarar yetkazadi. Uning fikricha, yagona maqsad – ochiq va erkin transatlantik savdo zonasini yaratish bo‘lishi kerak. “Bu barcha uchun farovonlikni ta’minlaydigan yagona yo‘l”, – dedi Mers. “Bu borada men Ilon Maskning fikriga qo‘shilaman: nol tariflar hammaga foyda keltiradi”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Powered by Froala Editor