Qozog‘iston va YeI 3 mln yevrolik xomashyo bitimini imzoladi
Dunyo
Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi muhim xomashyo sohasidagi loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan 3 million yevrolik kelishuv imzoladi. Bitim iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaydi va Yevropa Ittifoqiga mintaqaning asosiy resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Hujjat Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu va xalqaro hamkorlik bo‘yicha yevrokomissar Yozef Sikelaning muzokaralari chog‘ida imzolandi. Transport, logistika, "yashil" energetika va raqamlashtirish sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Kelishuv Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlash va umumiy byudjeti 300 milliard yevro bo‘lgan barqaror infratuzilma loyihalariga qaratilgan Global Gateway tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli strategiyasining bir qismidir.
Xomashyo kelishuvidan tashqari, Yevropa investitsiya banki Qozog‘istonga transport yo‘laklarini, jumladan, Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi asosiy bo‘g‘inga aylanadigan Transkaspiy xalqaro yo‘nalishini modernizatsiya qilish uchun 200 million yevro ajratdi.
Tomonlar muloqotni davom ettirish hamda iqtisodiy barqarorlik va texnologik taraqqiyotga qaratilgan uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Powered by Froala Editor