O'zbekiston charm mahsulotlari Moskvadagi xalqaro moda ko'rgazmasida namoyish etilyapti

O'zbekiston

12-15-mart kunlari Moskva shahrida "Fashion Style Russia" oltinchi xalqaro moda ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Unda O'zbekiston yengil sanoat kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ga yaqin charm mahsulotlari namoyish etilyapti.

O'zbekiston charm mahsulotlari Moskvadagi xalqaro moda ko'rgazmasida namoyish etilyapti
Ko'rgazma ishtirokchilari bilan O'zbekistonda charm sanoatini rivojlantirish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish masalalari bo'yicha bir qator muzokaralar o'tkazildi.

Tadbirda Rossiya, Belarus, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkiya, Xitoy, Shri-Lanka, Misr, Bangladesh, Eron va boshqa mamlakatlardan yetakchi moda brendlari o'z mahsulotlari  bilan qatnashmoqda.

"Fashion Style Russia"da dizaynerlik brendlarini, cheklangan to'plamlarni va yuqori sifatli kiyimlarni, shuningdek, har qanday did va vaziyat uchun poyabzallarni topish mumkin. Shuningdek, mazkur ko'rgazmada sumkalar, kamarlar, qo'lqoplar, sharflar, bosh kiyimlar va boshqa zargarlik buyumlari kabi aksessuarlarning katta tanlovi mavjud.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing