Denver aeroportida yo‘lovchilar bo‘lgan samolyot yonib ketdi

Dunyo

Denver xalqaro aeroportida American Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi. Favqulodda holat samolyot qo‘ngandan keyin sodir bo‘lgan: laynerdan quyuq qora tutun chiqayotgan, evakuatsiya qilingan yo‘lovchilar esa qanotda turgan.

Denver aeroportida yo‘lovchilar bo‘lgan samolyot yonib ketdi
Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Kolorado-Springsdan Dallasga uchayotgan 1006-reysi bilan sodir bo‘lgan. Ekipaj "dvigatel tebranishi"ni sezganidan so‘ng samolyotni Denverga qo‘ndirishga qaror qildi.

Bortda 172 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qo‘nishdan so‘ng Boeing 737-800 laynerining dvigateli yonib ketdi, bu esa shishirilgan traplar orqali shoshilinch evakuatsiyani talab qildi.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni zudlik bilan bartaraf etishgan, jabrlanganlar yo‘q. AQSH Fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) hodisa sabablarini o‘rganishni boshladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing