Rossiya va Ukraina urushida yakuniy qarorni Tramp qabul qiladi
Siyosat
AQSh Ukrainadagi urushni hal qilish istiqbollarini "ehtiyotkorlik bilan optimistik" baholamoqda. Vashington muzokaralar qanday kechganini tahlil qiladi va keyingi qarorni Donald Tramp qabul qiladi.
AQSh prezidenti maxsus vakili Stiven Uitkoff Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya rasmiylari bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida Vashingtonga ma’lumot berdi. Bu haqida 13-mart, payshanba kuni AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Volts Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Men o‘z hamkasbim, maxsus vakil Uitkoff bilan gaplashdim. U hozir u yerda va biz vaziyatni holis baholashimiz kerak, prezident Trampga esa keyingi qadamlarni belgilashi uchun ma’lumotlarni yetkazmoqda", — dedi Volts.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar tafsilotlari hozircha oshkor qilinmaydi, biroq Vashington Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni hal qilish imkoniyatlarini "ehtiyotkorlik bilan optimistik" baholamoqda.
Bunga qadar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ma’lum shartlar asosida rozi ekanini bildirgan edi. U "bu inqirozning dastlabki sabablarini bartaraf etish", shuningdek, Ukraina sulh davomida qayta qurollanish va qo‘shimcha safarbarlik o‘tkazish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Putinning bayonotlarini "kutilgan" va "manipulyativ" deb atadi. "U, aslida, rad javobini oldindan tayyorlamoqda."
"Putin, albatta, prezident Trampga ochiqchasiga bu urushni davom ettirmoqchi ekanini, ukrainlarni o‘ldirishni xohlashini aytishdan qo‘rqmoqda. Shuning uchun Moskvada sulh g‘oyasini shunday shartlar bilan bezashmoqda-ki, natijada hech narsa amalga oshmasligi yoki jarayon iloji boricha cho‘zilishi uchun" — dedi Zelenskiy o‘zining videomurojaatida.
NBC News ma’lumotiga ko‘ra, Donald Tramp Moskvadagi muzokaralardan Rossiya va Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogni chetlashtirgan. Rossiya tomoni uning "Ukrainaga moyilligi" sababli buni so‘ragan.

Powered by Froala Editor