Saida Mirziyoyeva: O‘zbekiston «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqadi
Dunyo
O‘zbekiston uzoq muddatli «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqishni va demografik prognozlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda o‘tkazilgan demografik barqarorlikka bag‘ishlangan tadbirda ma’lum qildi.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, mamlakatning asosiy kapitali — uning yosh aholisi. Ushbu salohiyat kelajakdagi demografik dividend manbaiga aylanishi uchun bugundan boshlab, ayniqsa, bolalar va ayollar salomatligi, ta’limi va xavfsizligiga investitsiya kiritish zarur.
«Bu sa’y-harakatlar aniq yo‘naltirilgan va uzoq muddatli bo‘lishi uchun demografik prognozlash bilan shug‘ullanamiz va “Demografik dividend — 2050” strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz», — dedi u.
Prezident Administratsiyasi rahbari demografik siyosatda nafaqat aholi soni, balki insonlarning imkoniyatlari ham muhimligini ta’kidladi. «Mamlakat kelajagi nafaqat odamlar soni, balki, eng avvalo, ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi», — dedi Saida Mirziyoyeva.
UNFPA ma’lumotlariga ko‘ra, demografik o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, mehnat bozori va davlat resurslari bilan bevosita bog‘liq. Tashkilot aholi ehtiyojlarini prognozlash va davlat xizmatlarini rejalashtirish uchun ishonchli demografik ma’lumotlarning muhimligini qayd etadi.
O‘zbekistonda demografik rivojlanish va yosh aholining salohiyatidan foydalanish masalalari UNFPA bilan hamkorlikda avval ham muhokama qilingan. 2024-yilda Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya demografik dividenddan foydalanish, inson kapitalini rivojlantirish hamda ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan edi.

Powered by Froala Editor