Qarshi shahri kengaytiriladi
O'zbekiston
Qashqadaryo viloyatining markazi bo‘lgan Qarshi shahri yaqin 18 yil ichida sezilarli darajada kengayadi. 2025-yil 25-fevraldan kuchga kirgan Qarshi shahrining bosh rejasiga ko‘ra, shahar hududi Koson, Qarshi va Ko‘kdala tumanlari tomon 7 767 gektarga kengayib, qariyb ikki baravar o‘sishi rejalashtirilgan.
Hozirda Qarshi shahri 8 308,9 gektarni tashkil etsa, 2030-yilga kelib uning maydoni 11 026,8 gektarga, 2042-yilga borib esa 16 073,6 gektarga yetishi kutilmoqda. Bu bilan birga, shahar aholisi ham sezilarli darajada ortib, 300 ming kishidan 2042-yilda 470 ming kishigacha oshishi prognoz qilinmoqda.
Qarshi shahrida zamonaviy turar-joy majmualari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari va transport tizimi rivojlantiriladi. Uy-joy fondi 3,99 million kvadrat metrdan 2030-yilda 7,2 million kvadrat metrga, 2042-yilga kelib esa 10,81 million kvadrat metrgacha oshadi. Bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni 14,1 kvadrat metrdan 2030-yilga kelib 18 kvadrat metrga, 2042-yilda esa 23 kvadrat metrgacha ko‘tariladi.
Shahar me‘moriy qiyofasida ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda: 2-5 qavatli binolar soni kamayib, ularning o‘rnini 7, 12, 14, 16 va hatto 20 qavatli zamonaviy uylar egallaydi.
Qarshi shahri bosh rejasiga muvofiq, maktabgacha ta‘lim muassasalari quvvati 11,8 ming o‘rindan 2030-yilgacha 22 ming, 2042-yilgacha esa 29 ming 140 o‘ringa yetkaziladi. Umumta‘lim maktablari quvvati ham 38 ming o‘rindan 74 ming 260 o‘ringacha oshiriladi.
Shaharda sog‘liqni saqlash, savdo, madaniyat va dam olish maskanlari soni ham ortadi. Shifoxonalar, poliklinikalar, mehmonxonalar, kinoteatrlar, madaniyat markazlari va savdo komplekslari qurilishi rejalashtirilgan.
Qarshi shahrida magistral yo‘llarning uzunligi 88 km dan 2030-yilda 155,35 km, 2042-yilga borib esa 291,33 km gacha oshadi. Yo‘lovchilar tashish hajmi esa 96 milliondan 2030-yilgacha 160 millionga, 2042-yilgacha 235 million kishiga yetishi kutilmoqda.
Ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta‘minoti va kanalizatsiya tizimlari ham zamonaviylashtiriladi. Bu esa shahar aholisi uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor