Tandir isi bilan dunyoni zabt etdi: o‘zbek noni eng yaxshilar safida

O'zbekiston

Isi, hidi va bezaklari bilan o‘ziga rom etuvchi o‘zbek noni dunyo tan olgan taomlar qatoriga kirdi. CNN Travel portali uni dunyoning eng yaxshi 50 noni ro‘yxatiga kiritib, uning betakror ta’mi va madaniy ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Tandir isi bilan dunyoni zabt etdi: o‘zbek noni eng yaxshilar safida
Mashhur CNN Travel nashri tomonidan e’lon qilingan dunyoning eng yaxshi 50 noni ro‘yxatiga o‘zbek noni ham kiritildi. Bu non o‘zining qadimiy an’anasi, o‘ziga xos shakli va tandir hidi bilan ajralib turadi.

Materialda qayd etilishicha, o‘zbek nonlari gullar, naqshlar va o‘rtasidagi maxsus muhr bilan bezatiladi. Ular issiq tandirlarda pishiriladi va shu bois o‘zgacha hid hamda yumshoqlikka ega bo‘ladi.

Har bir hududning noni o‘ziga xos — Toshkentdan Samarqandgacha nonning shakli, mazasi va bezagi farq qiladi. Tandirda pishgan issiq nonlar bozorlarga va choyxonalarga maxsus choparlar tomonidan yetkaziladi.

CNN Travel ta’kidlashicha, o‘zbek noni bu faqat taom emas, balki xalqning madaniy ramzidir — u samimiyat va mehmondo‘stlik timsoli hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing