Centrum Holding 2027-yil I choragida IPO o‘tkazib, eksportni $1 mlrdgacha oshirishni rejalashtirmoqda
Biznes
Yirik xususiy logistika guruhi Centrum Holding 2027-yilning birinchi choragida aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirishni (IPO) rejalashtirmoqda. Kompaniya 2026-yil yakuniga qadar eksport hajmini $1 mlrdgacha yetkazish va aviaparkni jadal kengaytirishni ham maqsad qilgan.
Bu haqda Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda guruhning umumiy aviaparki qariyb 30 ta samolyotdan iborat bo‘lib, ular My Freighter yuk tashuvchi aviakompaniyasi va Centrum Air yo‘lovchi aviakompaniyasi o‘rtasida deyarli teng taqsimlangan.
Holding 2026-yil oxirigacha samolyotlar sonini 40 taga, 2027-yilda 65 taga, 2029-yil oxiriga kelib esa 100 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. Kompaniya hozirning o‘zida 50 dan ortiq samolyot bo‘yicha shartnomalar imzolagan.
Centrum Holding joriy yil yakunida quruqlik va havo logistikasi salohiyatini hisobga olgan holda eksport hajmini $1 mlrdgacha oshirishni kutmoqda. Abdurahmonovning ta’kidlashicha, ayni paytda holdingning baholangan qiymati qariyb $2 mlrdni tashkil etadi.
Avvalroq kompaniya bir-ikki yil ichida ommaviy bozorga chiqish rejalarini bildirgan va asosiy IPO maydoni sifatida London fond birjasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan. Fevral oyida Oppenheimer investitsiya kompaniyasi va Citibank Centrum Holding IPOsini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolagan. O‘shanda kompaniya qiymati $2 mlrd deb baholangan holda aksiyalarning qariyb 30 foizini joylashtirish orqali $600 mln atrofida mablag‘ jalb qilish rejalashtirilgani aytilgan.
Centrum Holding 2019-yilda yuk tashuvchi aviakompaniya operatori sifatida tashkil etilgan. Bugungi kunda guruh yuk va yo‘lovchi aviakompaniyalari, turizm biznesi, logistika markazlari, temiryo‘l parki, terminallar va port infratuzilmasini birlashtiradi. 2025-yil yakunida holding daromadi $1 mlrdga yetgan, xodimlar soni esa qariyb 5 ming kishini tashkil etgan.
Centrum Holding matbuot xizmatiga ko‘ra, kompaniyaning asosiy vazifasi — 2027-yildagi IPOga tayyor bo‘lish.

Powered by Froala Editor