O‘zbekiston va Qozog‘iston BMB HOLDINGning yangi loyihalari orqali biznes hamkorligini kengaytirmoqda
Biznes
BMB HOLDING va Qozog‘iston yangi eksport yo‘nalishlari va qo‘shma loyihalar orqali savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu masalalar 25 avgust kuni BMB HOLDING Ta’sischilar kengashi raisi Bekzod Mamatqulovning Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tug‘janov bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
Uchrashuvda xoldingning investitsiyaviy va eksport salohiyati, shuningdek, uning agrosanoat, qayta ishlash, logistika va turizm sohalaridagi loyihalari taqdim etildi. Qozog‘iston bozoriga BMB HOLDING korxonalarida yetishtiriladigan va chuqur qayta ishlanadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish hamda yangi eksport yo‘nalishlarini o‘zlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Turizm sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan o‘zaro turistik paketlarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Za’faron brendi ostidagi restoran va mehmonxonalar imkoniyatlaridan Qozog‘istonlik sayyohlar uchun kengroq foydalanish rejalashtirilmoqda.
Yana bir yo‘nalish Jizzax viloyatida yetishtiriladigan BMB Za’faron tabiiy mahsulotlarini Qozog‘iston sog‘liqni saqlash tizimida qo‘llash istiqbollariga bag‘ishlandi. Tegishli tadqiqotlar o‘tkazilishi, kelgusida esa biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalarini birgalikda ishlab chiqarish imkoniyati ko‘rib chiqildi.
Tomonlar bug‘doyni chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni uchinchi davlatlar bozorlariga chiqarish bo‘yicha investitsiya tashabbuslarini ham muhokama qildi.
Bekzod Mamatqulov elchini Jizzax viloyatiga taklif qildi. O‘z navbatida, Yerali Tug‘janov BMB HOLDING ishchi guruhini Qozog‘istonning investitsiyaviy salohiyatini o‘rganish uchun mamlakatga tashrif buyurishga taklif etdi. Tashrifni sentyabr oyida tashkil etish rejalashtirilgan.
Yerali Tug‘janov 2026-yil 22-iyulda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan.

Powered by Froala Editor