O‘zbekistonda Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi
Sport
O‘zbekistonda Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etilmoqda. Mazkur markaz milliy terma jamoalar sportchilarini tibbiy tayyorlash, ularning sog‘ligini nazorat qilish hamda sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritish bilan shug‘ullanadi. Markaz 2026-yilda faoliyatini boshlaydi.
Hukumatning “Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Markaz O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi tizimida tashkil etilib, sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi maxsus tibbiyot muassasasi bo‘ladi.
Markazning asosiy vazifasi — O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlash, sog‘lomlashtirish va sport fiziologiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlarni rivojlantirishdir.
Hujjatga ko‘ra:
- markaz 2026-yildan faoliyat boshlaydi;
- Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida markaz uchun maxsus bino barpo etilmoqda;
- 2027-yildan boshlab Andijon, Buxoro va Samarqand shaharlarida hududiy filiallar ochiladi;
- markaz faoliyati davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Markazda rahbariyat, shifokorlar, ilmiy va texnik xodimlar uchun namunaviy shtatlar joriy etiladi.
Shuningdek, tibbiyot va ilmiy xodimlarning mehnati Vazirlar Mahkamasining amaldagi qarorlariga muvofiq, malaka va ilmiy darajaga ko‘ra ustama to‘lovlar bilan rag‘batlantiriladi.
Mazkur markaz sportchilar salomatligi va tayyorgarligini xalqaro standartlarga mos darajada ta’minlash, O‘zbekiston sport tibbiyotini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor