TDT Qozog‘iston Qurultoyiga saylovlarni shaffof va adolatli deb baholadi
Dunyo
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Xalqaro saylovlarni kuzatish missiyasi Qozog‘iston Respublikasi Qurultoyiga o‘tkazilgan ilk saylovlar monitoringini yakunladi. Missiya yakuniy bahosida saylovlar shaffof va adolatli tashkil etilganini, jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilmaganini qayd etdi.
Missiya Qozog‘iston hukumatining taklifiga binoan 2026-yil 20–24-avgust kunlari faoliyat olib bordi. Unga TDT Bosh kotibining o‘rinbosari Nuru Guliyev rahbarlik qildi. Tarkibga TDT Kotibiyati vakillari hamda Qozog‘istondan tashqari tashkilotga a’zo davlatlarning kuzatuvchilari kirdi.
Saylovoldi davrida missiya Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Arman Issagaliyev va Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov bilan uchrashdi. Muzokaralarda saylovlarning huquqiy va tashkiliy jihatlari, xorijdagi fuqarolar uchun ovoz berish sharoitlari hamda xalqaro kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Missiya, shuningdek, nomzodlar va boshqa xalqaro kuzatuv missiyalari vakillari bilan uchrashib, saylovoldi kampaniyasining borishi bilan tanishdi.
Ovoz berish kuni kuzatuvchilar ikki guruhga bo‘linib, Ostonadagi 33 ta saylov uchastkasida monitoring olib bordi. Missiya fuqarolarning erkin xohish-irodasini ta’minlash uchun zarur ma’muriy choralar ko‘rilganini qayd etdi. Ma’muriy aralashuv yoki jiddiy qonunbuzarliklar aniqlanmadi.
Missiya xalqaro kuzatuvning keng ko‘lamini ham qayd etdi: saylov jarayonida 42 mamlakat va 13 tashkilotdan 777 nafar xalqaro kuzatuvchi, shuningdek, qariyb 200 nafar OAV vakili ishtirok etdi. Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ham ijobiy baholandi.
TDT missiyasi yakunida Qozog‘iston Qurultoyiga saylovlar shaffof va adolatli tashkil etilganini e’tirof etib, ularni mintaqada demokratik boshqaruvni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi.

Powered by Froala Editor