SOCAR O‘zbekistonning chakana yoqilg‘i bozoriga kirib, AYQShlar tarmog‘iga sarmoya kiritadi
Biznes
Ozarbayjonning davlat neft kompaniyasi SOCAR O‘zbekistonning chakana yoqilg‘i bozoriga kirib, mamlakatda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari (AYQSh) tarmog‘ini qurishga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri, SOCAR Kuzatuv kengashi raisi Mikaıl Jabbarov O‘zbekiston va Ozarbayjon IV Mintaqalararo forumida ma’lum qildi.
Jabbarovning ta’kidlashicha, SOCAR O‘zbekistondagi istiqbolli Ustyurt konini o‘zlashtirish loyihasida “O‘zbekneftgaz” AJ va Buyuk Britaniyaning BP kompaniyasi bilan hamkorlikda investor sifatida ishtirok etmoqda.
“SOCAR qardosh O‘zbekistonning energetik xavfsizligini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shadi. Shuningdek, bugun O‘zbekistonning chakana bozoriga kirish va keyinchalik avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurishga investitsiya kiritish haqida rasman e’lon qilinadi”, — dedi vazir.
Yangi loyiha SOCARning O‘zbekiston energetika sektoridagi faoliyatini kengaytirib, uglevodorod resurslarini o‘zlashtirishdan tashqari chakana yoqilg‘i bozorini ham qamrab oladi.
Shuningdek, Ozarbayjonning AzerGold kompaniyasi O‘zbekistonlik hamkorlar bilan geologik-qidiruv ishlarini olib borish va qazib olish sohasida hamkorlik qiladi. Jabbarovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu faoliyat O‘zbekiston hududlarida amalga oshiriladi.
Bu ma’lumotlar 2026-yil 22-avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Ozarbayjon IV Mintaqalararo forumida ma’lum qilindi.

Powered by Froala Editor