“A” yo‘lakda harakatlangan haydovchilarga 375 ming so‘mdan jarima belgilanadi

O'zbekiston

2025 yil 11 apreldan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarda harakatlangan haydovchilarga nisbatan jarima qo‘llash amaliyoti joriy etildi.

“A” yo‘lakda harakatlangan haydovchilarga 375 ming so‘mdan jarima belgilanadi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan yangi 128-7-modda asosida “A” yo‘lakdan foydalanganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari – 375 ming so‘m, takroran sodir etilgan taqdirda esa 1 million 125 ming so‘m miqdorida jarima belgilanadi. Shuningdek, piyodalar yo‘lakchasi, veloyo‘lak, tratuar va yashil hududlarda avtomobil haydaganlik ham javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yo‘llarda harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlardan yana biri – noqonuniy to‘siqlar o‘rnatish. Endilikda bunday holatlar uchun fuqarolarga 1 million 875 ming so‘m, mansabdor shaxslarga esa 7,5 million so‘mgacha jarima qo‘llanadi.

Qonun jamoat transporti harakatini erkinlashtirish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash va shahardagi transport oqimini yaxshilashga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing