Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi

Siyosat

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili, Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilov «Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordenining «Ofitser» darajasi bilan taqdirlandi. Bu haqida Italiya prezidenti bosh kotibiyatining Gazzetta Ufficiale hukumat gazetasining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi
Italiyaning "Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun" ordeni oliy davlat mukofoti bo‘lib, 1951 yil 3 martda ta’sis etilgan. U adabiyot, san’at, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat sohalarida millat oldidagi salmoqli xizmatlari uchun Italiya fuqarolari va xorijliklarni taqdirlashga mo‘ljallangan. Mukofot Italiya prezidenti tomonidan vazirlar kengashi raisining roziligi bilan odatda yiliga ikki marta: 2 iyun (Respublika tashkil topgan kun) va 27 dekabr (Konstitutsiya kuni)da beriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing