Abduqodir Husanov boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi

Sport

Angliya kubogi 4-raundi doirasida “Manchester Siti” “Leyton” mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida g‘alba qozondi. O‘yinda ikkinchi taymda zaxiradan tushgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 56-daqiqada gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Abduqodir Husanov boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi
Uchrashuvda dastlab birinchi taymning 16-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Donlining uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p Ortegaga tegib darvozadan o‘rin oldi. Ikkinchi taym boshida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 56-daqiqada Riko Lyuisning zarbasidan keyin bosh aralash yelka bilan gol urdi. Aniqrog‘i, Lyuisning zarbasidan keyin to‘p Husanovga tegib darvozadan joy oldi.

79-daqiqada yana bir zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchi De Bryuyne Grilishning uzatmasidan so‘ng, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. O‘yin yakunida hisob boshqa o‘zgarmadi va shu tariqa, “shaharliklar” Angliya kubogi keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing