“Adidas” “Manchester Yunayted” bilan $1,15 milliardlik shartnoma imzolaydi

Sport

Bu Angliya Premer ligasi tarixidagi eng yirik kelishuv hisoblanadi. Shartnoma 2025-yildan 2035-yil iyunigacha amal qiladi.

“Adidas” “Manchester Yunayted” bilan $1,15 milliardlik shartnoma imzolaydi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Adidas” kompaniyasi bilan futbolka homiyligini yana o'n yilga uzaytiradi. Shartnoma qiymati $1,15 milliardga teng boʻlib, bu Angliya Premer ligasi tarixidagi eng yirik kelishuv hisoblanadi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Ushbu shartnoma 2025-yildan 2035-yil iyunigacha amal qiladi. Bu klubning nemis sport kiyimlari brendi bilan 2014-yilda 10 yilga imzolangan $963 millionlik shartnomaning uzaytirilishidir.

$1,15 milliardlik shartnoma har bir mavsum uchun $115,6 millionni tashkil etadi. Bu Premer liga tarixidagi eng yuqori qiymat hisoblanib, "Manchester Siti"ning “Puma” bilan bir mavsumda $83,4 millionlik futbolka shartnomasini ortda qoldirdi.

Qo'shma press-relizda ikkala tomon ham "Manchester Yunayted" ayollar jamoasiga alohida urg'u berishdi. Yangi kelishuv klubning ayollar jamoasiga 2018-yilda qayta tiklanganidan buyon e’tiborni kuchaytirayotganini anglatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing