Adilbek Qosimaliev Qirg‘izistonning yangi Bosh vaziri etib tayinlandi
Siyosat
Qirg'iziston prezidenti farmoniga ko‘ra, Konstitutsiyaning 70-moddasi 1-qismi 2-bandiga muvofiq, Adilbek Aleshovich Qosimaliev Vazirlar Mahkamasi rahbari — Prezident Administratsiyasi rahbari etib tayinlandi. U avval Oqilbek Japarovning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Shu munosabat bilan, O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov qirg‘izistonlik mavqedoshi Odilbek Qosimaliyevni ushbu lavozimga tasdiqlangani bilan tabrikladi.
Eslatib o'tamiz, Odilbek Qosimaliyev, 3 yildan ortiqroq vaqt davomida Qirg‘iziston bosh vaziri bo‘lgan Aqilbek Japarov lavozimidan ozod qilingandan so'ng uning o'rniga bosh vazir etib tayinlandi.
Shu o'rinda Aqilbek Japarov nima uchun ishdan olindi, degan savol tug'uladi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, prezident Sadir Japarov Aqilbek Japarovning ishdan ketishiga ayni paytda mamlakat Soliq xizmati rahbariyati va xodimlariga nisbatan ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishida manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini olish uchun qaror qilinganini aytdi.
Joriy yilning 3-dekabrida Soliq xizmatining poytaxt Bishkekdagi barcha to‘rt tumanidagi bo‘limlarida ommaviy hibsga olishlar o‘tkazilgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, soliq xodimlari korrupsion sxema tuzib, davlat byudjetiga 3,2 mlrd Qirg‘iziston somi miqdorida zarar yetkazgan. Soliq xizmati aynan sobiq bosh vazir Aqilbek Japarov nazorati ostida edi. Shu sababli Japarov lavozimidan chetlatilgan.

Powered by Froala Editor