Agar Isroil urushni to'xtatsa, HAMAS "to'liq kelishuvga" tayyor

Dunyo

Falastinning HAMAS harakati, agar Isroilning anklavdagi harbiy harakatlari to‘xtasa, G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Isroil bilan kelishuvga erishishga tayyorligini ma’lum qildi, deyiladi harakatning Telegram-kanalidagi bayonotida.

Agar Isroil urushni to'xtatsa, HAMAS "to'liq kelishuvga" tayyor
HAMAS vositachilarni oʻz pozitsiyasi haqida maʼlum qildi: agar Isroilning Gʻazodagi agressiyasi toʻxtasa, harakat keng qamrovli kelishuvga erishishga, jumladan Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklar bilan garovga olinganlarni almashishga tayyor.

HAMASga ko'ra, harakat avvalgi muloqot raundlarida moslashuvchanlikni ko'rsatganiga qaramay Isroil o'z tajovuzini davom ettirgan va bu vositachilarning urinishlari barbod bo'lishiga olib kelgan. HAMAS va boshqa Falastin guruhlari tajovuz va blokada paytida muzokaralarni davom ettirishni istamayapti.

6-may kuni HAMAS Misr va Qatar vositachilari taklif qilgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi. Kelishuv garovga olinganlarni almashish va o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutgan edi. Biroq 9-may kuni Qohiradagi muzokaralar konsensussiz yakunlandi, 18-may kuni esa Isroil tomoni muzokaralarni to‘xtatdi.

Vaziyat 2023-yil 7-oktyabrda Isroil hududiga HAMAS hujumi uyushtirganidan so‘ng keskinlashdi, bu esa Isroilning G‘azoda harbiy operatsiyasiga olib keldi. Noyabr oyi oxirida vaqtinchalik otashkesim o'rnatildi, uning davomida 110 nafar garovga olinganlar ozod qilindi, ammo 1 -ekabr kuni harbiy harakatlar qayta boshlandi va hozirgacha davom etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing