Agar Xitoy va Yevropa Ittifoqi barqarorlikni tanlasa, sovuq urush bo'lmaydi – Van I
Siyosat
Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Xitoy va Yevropa Ittifoqi tinchlik va barqarorlik yo‘lini tanlasa, yangi sovuq urush bo‘lmasligiga ishonch bildirdi. Bu haqda Xitoy diplomati Pekinda YeI diplomatik missiyasi vakillari va YeI davlatlari diplomatlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Agar Xitoy va YeI dialog va hamkorlikni tanlasa, unda bloklar toʻqnashuvi boʻlmaydi. Agar Xitoy va Yevropa Ittifoqi tinchlik va barqarorlikni tanlasa, yangi sovuq urush boshlanmaydi”, — deya uning soʻzlaridan iqtibos keltiradi “Ria Novosti” nashri.
Vang I, shuningdek, global taraqqiyot va farovonlik uchun ochiqlik va umumiy manfaat yo'lini tanlash zarurligini ta'kidladi.
Vang I, shuningdek, global taraqqiyot va farovonlik uchun ochiqlik va umumiy manfaat yo'lini tanlash zarurligini ta'kidladi.
Powered by Froala Editor