Zelenskiy Putin bilan yuzma-yuz uchrashuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Siyosat
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuv 15-may kuni Turkiyada o‘tishi mumkin.
Bu taklif Rossiya tomoni tomonidan ilgari surilgan tashabbusga javoban yangradi. Vladimir Putin 11-may kuni matbuot anjumanida Istanbulda muzokaralarni hech qanday shartlarsiz tiklashga tayyor ekanini e’lon qilgan edi.
Ushbu muzokaralar g‘oyasini AQSh prezidenti Donald Tramp ham qo‘llab-quvvatladi. U Truth Social sahifasida Ukraina zudlik bilan rozi bo‘lishi kerakligini, bu esa urushni tugatish imkoniyatini aniqlashtirish uchun muhim ekanini ta’kidladi.
Trampning fikricha, agar muzokaralardan foyda chiqmasa, unda G‘arb rahbarlari vaziyatga qanday yondashishni bilib olishadi. “Uchrashinglar, hozirning o‘zida!” — deya yozdi u.
Zelenskiy esa o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘lishiga umid bildirar ekan, “Bu diplomatiyani boshlash uchun zarur asos”, deya Putin bilan uchrashuvni ochiq e’lon qildi.

Powered by Froala Editor