Airbus Toshkentda uchuvchilarni tayyorlashni boshlaydi
O'zbekiston
2025-yil 28-iyul kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Airbus kompaniyasining Yevropa bo‘yicha prezidenti Yoxan Pelissi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, mamlakatda turizm oqimini oshirish uchun aviatsiya parkining yangilanishi va kengaytirilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Toshkent davlat transport universiteti va Airbus kompaniyasi o‘rtasida uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha maxsus qo‘shma dastur ishlab chiqilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston aviatsiyasining kelajagi uchun muhim bosqich bo‘ladi.

Powered by Froala Editor