Aleksandr Lukashenko “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

O'zbekiston

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Aleksandr Lukashenko “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi
Aleksandr Lukashenko majmuaning arxitektura yechimlari va kompozitsiyasi bilan batafsil tanishdi. Mamlakatimizning uch ming yillik tarixidagi eng muhim voqealarni aks ettirgan majmua Belarus delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing