Ali Xomeneiy o‘g‘li Eron oliy rahbarligiga asosiy nomzod bo‘ldi

Siyosat

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron oliy rahbari Ali Xomeneiy halok bo‘lganidan so‘ng, Tehronda uning vorisi masalasi muhokama qilinmoqda. The New York Times nashrining eronlik rasmiylarga tayanib xabar berishicha, asosiy nomzod sifatida uning o‘g‘li Mojtaba Xomeneiy ko‘rilmoqda.

Ali Xomeneiy o‘g‘li Eron oliy rahbarligiga asosiy nomzod bo‘ldi
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi rahbarni tanlash uchun mas’ul bo‘lgan yuqori martabali diniy arboblar yopiq uchrashuv o‘tkazgan. Muhokamalar yakunida Mojtaba Xomeneiy asosiy da’vogarga aylangan.

Manbalarga ko‘ra, uni yaqin kunlarda rasman voris sifatida e’lon qilish masalasi ko‘rib chiqilgan. Biroq rasmiy bayonot uni AQSh va Isroil uchun nishonga aylantirishi mumkinligi sababli xavotirlar mavjud.

Eron oliy rahbarini 88 nafar ruhoniydan iborat Ekspertlar kengashi tayinlaydi.

Isroil mudofaa vaziri Isroel Kats agar yangi rahbar Isroilga qarshi siyosatni davom ettirsa, u qonuniy nishon sifatida ko‘rilishini bildirdi. Uning bayonotini Reuters agentligi keltirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing