Alisher Boboyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra, Alisher Shukrullayevich Boboyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
1996-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan Boboyev klinik ordinaturada tahsil olib, 1998-yilda mehnat faoliyatini katta laborant sifatida boshlagan.
U turli yillarda Toshkent farmatsevtika institutida, poliklinikalarda va Respublika klinik shifoxonalarida shifokor-urolog, shuningdek, SSV kotibiyatida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Boboyev soha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun II darajali «Salomatlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Powered by Froala Editor