Alisher G‘aniyev Osiyo chempionati cho‘qqisini zabt etdi

Sport

O‘zbekiston kurash maktabi qit’adagi eng kuchli ekanini yana bir bor isbotladi. Davom etayotgan Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz yuksak mahorat va g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etib, terma jamoamiz xazinasini oltin va bronza medallari bilan boyitdilar.

Alisher G‘aniyev Osiyo chempionati cho‘qqisini zabt etdi
Kunning asosiy qahramoniga Alisher G‘aniyev aylandi. U murosasiz kechgan final bahsida KXDR vakili Se Un Riga qarshi gilamga chiqdi. G‘aniyev taktik ustunlik evaziga ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtimizning muvaffaqiyatini Shahzod Qo‘chqorov davom ettirdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda unga yaponiyalik nomdor kurashchi Taishi Narikuni raqiblik qildi. Qo‘chqorov tashabbusni o‘z qo‘liga olishga muvaffaq bo‘ldi va raqibini mag‘lub etib, turnirning bronza medali sohibiga aylandi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu natijalar sportchilarimizning bo‘lajak xalqaro musobaqalarga yuqori darajada tayyor ekanidan dalolat berishini ta’kidlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing